×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
  • State Anthem of the Republic of Uzbekistan
  • Sitemap
  • Zoom text
Close Menu

Eslatma

  Klinik ordinatura(rezidentura)ga qabul 21-iyuldan e’tiboran onlayn tarzda boshlanadi

  Klinik ordinatura(rezidentura)ga qabul haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz:

  Hujjatlar qabul.sammi.uz sayti orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;
Klinik ordinatura(rezidentura)ga abiturientlarga 1 ta mutaxassislik yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo‘ladi. Boshqa fanlardan bo‘lmaydi;

  Klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o`zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi;
Klinik ordinatura(rezidentura) To`plangan ballar reytingi bo`yicha tanlovdan o`tgan (bunda shaxs mumkin bo`lgan еng yuqori ballarning kamida 30 foizini to`plashi kerak) va o`qish pulini to`lagan (to`lov-kontrakt shakl uchun) shaxslar klinik ordinaturaga qabul qilinish huquqiga еgadirlar;

  Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, ya’ni 21 iyuldan boshlanib, 21 avgustgacha davom etadi;
Imtihonlar 21-31 avgust kunlari o‘tkaziladi

  Klinik ordinatura(rezidentura) hujjat topshirish uchun qanday roʼyxatdan oʼtish kerak?

Klinik ordinatura(rezidentura) qabul kvotalari Qoʼshimcha maʼlumotlar uchun: +998902286375

  Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma'lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilishi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

  Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.
  Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 11:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 11:30) gacha pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o‘tkazish qoidalariga qat'iy amal qilishi lozim
  Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
  test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
  test materiallarini boshqa abituriyentga yordam bersa;

  test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.


Mutaxassisliklar boʼyicha bakalariat yoʼnalishlarining mosligi