×
Menu
  • The State flag of the Republic of Uzbekistan
  • The State Emblem of the Republic of Uzbekistan
  • State Anthem of the Republic of Uzbekistan
  • Sitemap
  • Zoom text
Close Menu

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari 1-ilovaga muvofiq;

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning — falsafa doktori (Doctor of Philosophy), fan doktori (Doctor of Science) diplomlari, shuningdek dotsent, katta ilmiy xodim va professor attestatlarining davlat namunalari 3 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-iyuldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq attestatsiya ishlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va izlanuvchilarga falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini berishni ta’minlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

Oldingi tahrirga qarang.

4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi SP, 2012-yil, 12-son, 90-modda) 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 22-may,

304-son

Batafsil