Награждение региональных команд-победительниц спортивных соревнований «Универсиада-2020»
Menu Close Menu

Награждение региональных команд-победительниц спортивных соревнований «Универсиада-2020»

  25 mart kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Universiada - 2020” sport musobaqalarining umumjamoa hisobida g‘olib va sovrindori bo‘lgan hududiy terma jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Samarqand davlat tibbiyot institutini vakillari ham ishtirok etdilar.

  Tantanali marosimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mas’ul rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sport klublari, sportchi talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

  Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov so‘z olib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sport turlarini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi. Tadbirni asosiy qismida g‘olib jamoalarga “Prezident sovg‘asi”, diplom va statuetkalar topshirildi. G‘olib va sovrindorlarning har biriga “Prezident sovg‘asi” sifatida jami 80 mln. so‘mlik sport jihozlari jumladan, bir jamlanmadan dzyudo va kurash sport turi uchun tatamilar ham topshirildi.

  SamDTI vakillari – institut sport klubi rais o‘rinbosari M.N. Ziyatov rahbarligida tadbirda qatnashgan - shaxmat bo‘yicha “Universiada-2020” sport musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan davolash fakulteti 5 kurs talabasi Inoyatullo Raximov, O‘zbekiston talabalar festivalida “Sport maxoratim” yunalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan davolash fakulteti 3-kurs talabasi Zarina Zubaydullaevaga ham “Prezident sovg‘asi” topshirildi.

  Ma’lumot o‘rnida aytish kerak umumjamoa hisobida Toshkent viloyati terma jamoasi 1-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi 2-o‘rinni va Samarqand viloyati terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Пресс-служба СамГМИ