Встреча с выпускниками института
Menu Close Menu

Встреча с выпускниками института

  Samarkand Davlat tibbiyot instituti davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika fakultetlari bitiruvchi kurs talabalari hamda klinik ordinator va magistrlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Uchrashuvda Jizzax viloyati Do‘stlik tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.E.Inyaminov, tuman shifoxonasi shifokori B.Abjalov, tumandagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi direktori A.A. Abdufattoev, G‘allaorol tibbiyot kolledji direktor o‘rinbosari M.M. Usmonov hamda institut rektorati vakillari qatnashdilar.

  Bitiruvchilar bilan uchrashuvni tibbiy pedagogika fakulteti dekani S.E. Mamaradjabov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan mutasaddilar institut bitiruvchilariga o‘zlarini tibbiyot va o‘quv muassasalaridagi vakant o‘rinlar, yosh kadrlar uchun yaratiladigan shart-sharoit va imtiyozlar xakida batafsil gapirib berdilar.

  Uchrashuv davomida mehmonlar bitiruvchilardan berilgan savollarga hozirlik bilan javob berib ularni mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qildilar.


Пресс-служба СамГМИ