×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Stomatologiya fakulteti doktoranturasida (PhD) o‘qish uchun stipendiya ta’sis etildi


  Tailandning Shaxzoda Songkla universiteti Stomatologiya fakulteti doktoranturasida (PhD) o‘qish uchun stipendiya ta’sis etilganini ma’lum qilamiz.

  Ushbu stipendiya uchun tanlov “Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi” (Oral Health Sciences) yo‘nalishida 5 nafar nomzodlarni qabul qilishga mo‘ljallangan.   Stipendiya tanlovida ishtirok etishni istagan nomzodlar ingliz tilini bilishlari talab etiladi (IELTS 5.0).

  Mazkur stipendiya yashash va turar joy bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni (10,000 Tailand Bati yoki 326 AQSH dollari), o‘qish to‘lovi, xalqaro aviachiptalar (450 AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan), tibbiy va baxtsiz xodisalardan sug‘urtani koplashni (90 AQSH dollari) o‘z ichiga oladi.

  O‘qish davomiyligi – 3 yil

  Nomzodlar quyidagi veb-sahifa orqali ro’yxatdan o’tishlari va tegishli xujjatlarni onlayn topshirishlari lozim:

https://grad.psu.ac.th/en/prospective-students/adm...

  Qo‘mita tomonidan qaror qabul qilish muddati – 2021 yil may oyi

  Tanlov natijalarini e’lon kilish muddati – 2021 yil iyun oyi

  2021 o‘quv yili 2 semestri uchun qabul – may-avgust oylari.

  Qo‘mita tomonidan qaror qabul qilish muddati – 2021 yil sentabr oyi

  Tanlov natijalarini e’lon qilish muddati – 2021 yil oktabr oyi

  Stipendiyaning Tailanddagi koordinatori – Pavinrat Na Pattalung,