Menu Close Menu

​MALAKAVIY IMTIHON TOPSHIRUVCHILAR DIQQATIGA!

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlar o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom”ning 8-bandiga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot instituti 14.00.04 - Otorinolaringologiya; 14.00.05 - Ichki kasalliklar; 14.00.09 - Pediatriya; 14.00.21 - Stomatologiya; 14.00.35 - Bolalar xirurgiyasi; 14.00.14 - Onkologiya ixtisosliklari bo’yicha malakaviy imtihon topshirish uchun sessiya e’lon qiladi. Malakaviy imtihon topshiruvchilarni xujjatlari 2021 yil 20 maygacha qabul qilinadi.

  Izlanuvchilar imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. ariza (rektor nomiga);

2. diplom nusxasi (ilovasi bilan, barcha diplom nusxalari);

3. ilmiy ishlar ro’yxati (3.4-shakl bo’yicha);

4. “OAK byulleteni”da mavzu e’lon qilinganligining nusxasi;

5. pasport nusxasi;

6. ish joyidan ma’lumotnoma;

7. ob’ektivka;

8. mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingalik to’g’risida buyruq nusxasi;

9. korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan, tashkilot tomonidan muhr bosilgan (firma blankalarida) xat: to'liq ismi sharifi, ixtisoslash shifri, dissertatsiya nomi, Oliy attestatsiya xayatining byulletenida ro’yxatdan o’tgan ilmiy ish nomiko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Talabgorlar SamDTI ilmiy bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.

Telefon: +998935763778.


SamDTI Ilmiy bo‘limi