×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

YUNESKO ishlari boʻyicha OʻzR Milliy komissiyasi oʻqituvchilar uchun tanlov eʼlon qildi!

  YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining maʼlumotiga koʻra 2021-2022-yillar uchun oʻqituvchilik salohiyati va samaradorligini oshirish sohasidagi YUNESKO/Hamdan mukofotiga tanlov eʼlon qilingan.

  Ushbu mukofot tanlovida oʻqituvchilik salohiyati va samaradorligini oshirish boʻyicha faoliyat olib borayotgan, taʼlim sifatini yuksaltirishga hissa qoʻshayotgan muassasa, tashkilot va oʻquv yoki ilmiy-tadqiqot institutlari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin. Tanlov shartlariga koʻra, YUNESKO/Hamdan mukofoti (jami 300000 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ) 5 ta nomzodga taqdim etiladi va mukofot mablagʻi tanlovda gʻolib chiqqan nomzodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.

  Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar https://cutt.ly/vbMGBcE veb-sahifasida roʻyxatdan oʻtishlari kerak. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng arizalarni nomzodlar tomonidan ingliz yoki fransuz tilida onlayn tarzda toʻldirishga ruxsat beriladi. Ariza toʻldirish uchun yoʻriqnoma ilovada keltirilgan.

  Onlayn ariza topshirish muddati: 2021-yil 31-oktyabr Tanlov bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumot uchun teacherprize@unesco.org elektron manziliga murojaat qilish mumkin.