×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​2021/2022 oʻquv yiliga ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki mingta etib belgilandi

  Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

  Qarorga koʻra:

— ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari sonini ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazildi;

— tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlish boʻlimiga elektron shaklda murojaat qilishlari imkoniyati yaratildi;

— tavsiyanoma belgilangan mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga bir yil muddatga berilishi belgilandi.

  Shuningdek, oilaning ehtiyojmandlik darajasini “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar orqali aniqlash tartibi joriy etildi.