×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi!

  Samarqand davlat tibbiyot instituti klinik ordinaturasiga 2021-2022 oʻquv yili uchun qabul boshlanganligini eʼlon qilamiz. Qabul Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rejasi va tegishli buyruqlariga asosan amalga oshiriladi.

Quyidagi hujjatlarni topshirish soʻraladi:

1. Rektor nomiga ariza (namuna);

2. Diplom (ilovasi bilan);

3. Pasport (Foto surat va propiska muhri boʻlgan betlar) va JShShIR;

4. 086 U tibbiy maʼlumotnoma;

5. Mehnat daftarchasi (ishlaydiganlar uchun);

6. Pansion jamgʻarma daftarchasi;

7. Fotosurat, 10*15 sm, elektron variantda, JPG, 300 DPI.

  Hujjatlarni qabul qilish faqat onlayn tarzda qabul.sammi.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: +998902286375 Oʻktam Nematov, +998973933152 Fazliddin Temirov.

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 21 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar boʻyicha test sinovlari;

2 bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.

Mutaxassisliklar boʼyicha bakalariat yoʼnalishlarining mosligi

2021 -2022 O'quv yillar uchun klinik ordinatura yo'nalishlar buyicha o'rinlar taqsimoti