×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​E‘LON (malakaviy imtihon)

  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” ning 8-bandiga muvofiq Samarqand davlat tibbiyot institutida 14.00.01 – akusherlik-ginekologiya ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon topshirish uchun sessiya eʼlon qildi. Malakaviy imtihon topshiruvchilardan 2021 yil 10 avgustgacha hujjatlar qabul qilinadi.

  Imtihon topshirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. Ariza (universitet rektori nomiga);

2. Diplom nusxasi (ilovasi bilan, barcha diplom nusxalari);

3. Ilmiy ishlar roʻyxati (3.4-shakl boʻyicha);

4. “OAK byulleteni”da mavzu eʼlon qilinganligining nusxasi;

5. Pasport nusxasi;

6. Ish joyidan Spravka

7. Ob'ektivka

8. Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida buyruq nusxasi

9. Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan, tashkilot tomonidan muhr bosilgan (firma blankalarida) xat: toʻliq ismi sharifi, ixtisoslash shifri, dissertatsiya nomi, Oliy attestatsiya xayatining byulletenida roʻyxatdan oʻtgan ilmiy ish nomi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

  Talabgorlar SamMI huzurida Ilmiy Boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.