×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul muddati uzaytirildi!

  Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-soni buyrugʻini oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 207-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha qabul kvotalari ajratilganligini hamda qabul muddati uzaytirilganligini eʼlon qilamiz.

  Ajratilgan mutaxassisliklar roʻyxati:

  1. Neyroreabilitologiya (6 ta erkin oʻrin)
  2. Allergologiya va klinik immunologiya (5 ta erkin oʻrin)
  3. Gematologiya va transfuziologiya (Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari uchun 4 tadan jami 8 ta davlat granti)
  4. Pulmonologiya (2 ta davlat granti, 6 ta erkin oʻrin)
  5. Nefrologiya gemodializ bilan (8 ta erkin oʻrin)
  6. Bolalar nefrologiyasi va gemodializ bilan (4 ta erkin oʻrin)
  7. Bolalar nevrologiyasi (20 ta erkin oʻrin)

  Hujjatlar qabuli 2021 yil 10-sentyabrga qadar (shu kuni ham) onlayn tarzda qabul.sammi.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

  Maʼlumotlar muntazam quyidagi telegram kanalda eʼlon qilib boriladi https://t.me/sammi_qabul

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: +998906067000 Ulugʻbek Pulatov, +998902512211 Alisher Xazratov.

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1 bosqich – mutaxassislikka mos fanlar boʻyicha test sinovlari (10-15 sentyabr kunlari);

2 bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili boʻyicha test sinovlari (16-20 sentyabr kunlari) oʻtkaziladi.

Mutaxassisliklar boʻyicha bakalavriat yoʻnalishlarining mosligi

2021 -2022 oʻquv yili uchun klinik ordinatura yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinlar taqsimoti