×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

KLINIK ORDINATURA QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARIGA QABUL DAVOM ETMOQDA !

  Joriy yilning 29-avgustiga qadar Samarqand davlat tibbiyot institutida 2021/2022 oʻquv yili uchun Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul jarayonlari uzaytirildi:

  • 1. Terapevtik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 2. Xirurgik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 3. Ortodontiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 4. Ortopedik stomatologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 5. Yuz-jagʻ jarrohligi (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 6. Allergologiya va immunologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 7. Yuqumli kasalliklar (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 8. Yurak-qon tomir jarrohligi (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 9. Endokrinologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 10. Urologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 11. Travmatologiya va ortopediya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 12. Radiologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);
  • 13. Gastroenterologiya (qabul kvotasi 10 oʻrin);

Oʻqish muddati 2 yil (1+1). Taʼlim tili – rus tili.

Kirish imtihon bloklari: mutaxassislik fani, ingliz tili.

Toʻlov kontrakt miqdori yiliga ≈23,0 mln. soʻm.

Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olishni istaganlar Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida “Shaxsiy kabinet” ochishlari (https://lka.pimunn.net) va kerakli maʼlumotlarni yuklashlari lozim (roʻyxatdan oʻtish qoidalari bu yerda). Shu bilan bir qatorda, http://doubled.sammi.uz/ platformasida tegishli maʼlumotlar kiritilishi va quyidagi hujjatlarning elektron nusxalarini (skanerlangan, fotosurat emas) PDF shaklida yuklanishi talab etiladi.

- SamDTI rektori nomiga ariza (shaklni yuklab oling). Abituriyent toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilishi lozim (yashash manzili, elektron pochta manzili, telefon raqamlari);

- diplom, olingan baholar ilovasi bilan;

- Milliy pasport (bosh sahifasi va turar joyda roʻyxatga olinganlik belgisi);

- Fotosurat (3,5 x 4,5 sm).

Notoʻgʻri toʻldirilgan arizalar qayd etilmaydi.

Murojaat uchun telefon:

+998662332744

+998979179173

Haftaning ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha murojaat etishingiz mumkin.