×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1 - smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;

2- smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;

3- smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.