×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

2022-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul toʻgʻrisida eʼlon!

  Talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish muddatlari, talab qilinadigan hujjatlar va topshiriladigan imtihonlar roʻyxati quyidagilardan iborat:

  Hujjatlar 2021-yil 15 sentabr — 15 oktabr davrida qabul qilinadi.

  Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga kirish uchun suhbat 2021-yil 1-25-noyabr davrida oʻtkaziladi.

  Hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib 2021-yil 15 sentabrdan 15 oktabrgacha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura(PhD)

  Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:

  • magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.

  Tayanch doktoranturaga oʻqishga talabgorlar oliy taʼlim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

http://phd.mininnovation.uz – bazasida registratsiyadan oʻtgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan}, TOEFL (iVT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Yoʻnalishlar: 14.00.01-akusherlik va ginekologiya, 14.00.02-morfologiya, 14.00.04-otorinolaringologiya, 14.00.05-ichki kasalliklar, 14.00.06-kardiologiya, 14.00.08-oftalmologiya, 14.00.09-pediatriya, 14.00.13-nevrologiya, 14.00.14-onologiya, 14.00.19-klinik radiologiya, 14.00.27-xirurgiya, 14.00.21-stomatologiya, 14.00.35-bolalar xirurgiyasi.

Berilgan kvotalar: tayanch doktoranturaga -30 ta kvota

DOKTORANTURAGA (DSc)

  DOKTORANTURAGA (DSc) quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilga kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
  • Doktoranturada oʻqishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy maʼlumot, fan nomzodi yohud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy. darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).

http://phd.mininnovation.uz – bazasida registratsiyadan oʻtgandan soʻng

  Yoʻnalishlar: 14.00.01-akusherlik va ginekologiya, 14.00.02-morfologiya, 14.00.06-kardiologiya, 14.00.13-nevrologiya, 14.00.19-klinik radiologiya, 14.00.27-xirurgiya, 14.00.21-stomatologiya.

Berilgan kvotalar: 7 ta.

Manzil: 140100, Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi 18 uy.

2022-yil uchun tayanch doktorantura, doktoranturaga qabul toʻgʻrisida eʼlon!+99866- 2332668 (Ilmiy boʻlim)