×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​Super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi, vaksina olgan abituriyentlarga 10 foizli chegirma beriladi

2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

  Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, toʻlov-kontrakt miqdorini hisoblashda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllanilishi va koronavirusga qarshi emlangan abituriyentlarga toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi.