×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​“Yil talabasi-2021” tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi

  “Yil talabasi-2021” tanlovi quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi:

a) “Yilning eng faol bilimdon talabasi” (oʻz mutaxassisligi boʻyicha), bunda talabaning fanlarni oʻzlashtirishi va oʻquv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar koʻrib chiqiladi;
b) “Yilning eng faol targʻibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy taʼlim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targʻibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda oʻzi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari koʻrib chiqiladi;
d) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion gʻoyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati koʻrib chiqiladi;
e) “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi oʻtkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari koʻrib chiqiladi;
f) “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning joriy yilda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzi yaratgan taʼlim olishga talaba-yoshlarni targʻib qiluvchi ishlanmalari va oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritishda faollik darajasi hamda ushbu sohada erishgan yutuqlari koʻrib chiqiladi;
g) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning oʻzi tanlagan mutaxassisligi yoʻnalishidan qatʼiy nazar musiqa, adabiyot, sanʼat va teatr sohasidagi qiziqishlari va joriy yilda erishgan natijalari koʻrib chiqiladi;
h) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan taʼminlaganlik darajasi koʻrib chiqiladi.

  Xohlovchilar barcha hujjatlarni yigʻma jild sifatida 2021 yil 20-noyabrga qadar institutni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga taqdim etishlari talab qilinadi.