SamDTIda COVID-19 masalalariga bag’ishlangan navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi
Menu Close Menu

SamDTIda COVID-19 masalalariga bag’ishlangan navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi

  Shu kunlarda butun dunyo bo’ylab keng tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi sababli epidemiologik vaziyat bilan bog’liq holda davlat va sog’liqni saqlash muassasalarining asosiy maqsadi COVID-19dan aholini himoya qilish, salomatligini mustahkamlash va karantin qoidalariga rioya qilgan holda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashdir. Yangi koronavirus infeksiyasi bilan kurashishda tibbiyot ilmi vakillarini erishilayotgan yutuqlari alohida ahamiyat kasb etadi.

  Mavzuni dolzarbligidan kelib chiqqan holda Samarqand Davlat tibbiyot instituti tomonidan 2020 yil 26 iyun kuni “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish masalalari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasini o’tkazdi.

  Xalqaro anjuman boshlanishida o’zlarini qutlov so’zlari bilan ishtirokchilar oldida SamDTI rektor prof. J.A. Rizayev va Jahon sog’liqni saqlash tashkilotini O’zbekistondagi Vakolatxonasini rahbari d-r Lianna Kuppens chiqish qildilar.

  Anjuman dasturiga muvofiq konferensiyada – “COVID-19 bilan og’rigan bemorlarda teri ko’rinishlari” (Galimzyanov X.M., Vasilkova V.V., Astrahan davlat tibbiyot universiteti, Rossiya), “Ryazan viloyatida COVID-19 klinik belgilarining o’garuvchanligi (klinik holatlar misolida)” (Ageyeva K.A., Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Rossiya), “Samarqand davlat tibbiyot institutining COVID-19ga qarshi kurashdagi xissasi” (Yarmuhamedova M.K., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston), “Sog’liqni saqlash vazirligining birlamchi muassasalarida COVID-19 tarqalishining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar” (Husinova Sh.A., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston), “Koronavirus va homiladorlik – bo’lg’usi onalar uchun kanday xavf bor?” (Agababyan L.R., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston), “Bolalarda COVID-19 yangi koronavirus infeksiyani oldini olish, tashxis qo’yish va davolashning o’ziga xos xususiyatlari” (Sharipov R.X., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston), “COVID-19 va yurak-qon tomir patologiyasi” (I.R. Agababyan, Samarqand Davlat tibbiyot instituti O’zbekiston), “COVID-19 koronavirus infeksiyasining nevrologik jihatlari” (Xakimova S.Z., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston), “Koronavirus infeksiyalarining ogir kechishida intensiv terapiya” (Zamanov Yu.R., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston), “Stomatologiyada COVID-19ni namoyon bulishi” (Nazarova N.Sh., Samarqand davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston) kabi dolzarb mavzularda chiqishlar bo’ldi.

  Ma’ruzachilar O’zbekistonda karantin choralarini o’z vaqtida joriy qilinishi, sog’liqni saqlash tizimini barcha bo’g’inlarini talab darajasida ishlayotganligini va respublikada koronavirus infeksiyasi bilan kurashishda bir qator ijobiy natijalariga erishganligini alohida ta’kidlab o’tdilar. Xalqaro anjuman baxsu munozaralarga boy tarzda o’tdi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan o’tkazilgan “COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish masalalari” mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi, uni tashxislash va davolashga zamonaviy tibbiyotning yutuqlari, jaxon mamlakatlari tajribasini jalb qilishga va ushbu kasallikni yengishga o’zining munosib hissasini qo’shadi.

Xalqaro anjuman boshlanishida o’zlarini qutlov so’zlari bilan ishtirokchilar oldida SamDTI rektor prof. J.A. Rizayev …

… va Jahon sog’liqni saqlash tashkilotini O’zbekistondagi Vakolatxonasini rahbari d-r Lianna Kuppens chiqish qildilar

Ma’ruzachilar O’zbekistonda karantin choralarini o’z vaqtida joriy qilinishi ..

… sog’liqni saqlash tizimini barcha bo’g’inlarini talab darajasida ishlayotganligini va respublikamiz koronavirus infeksiyasi bilan kurashishda bir qator ijobiy natijalariga erishganligini alohida ta’kidlab o’tdilar


SamDTI Matbuot xizmati