Samarqandda "Biz OIV / OITSga qarshimiz" shiyori ostida marafoni bo'lib o'tdi
1-dekabr Samarqand shahrida “Butunjahon OITSga qarshi kurashish Kuni”ga bag‘ishlab “OIV/OITSni to‘htataylik” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.
Ommaviy tadbirda Samarqand davlat tibbiyot institutini professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etdilar.
Asosiy tadbirlar “Hamid Olimjon” nomidagi drama teatri maydonida o‘tkazildi. So‘zga chiqqanlar OIV infeksiyasi va OITSni dunyo bo‘yicha tarqalishi, yuqish yo‘llari, klinik bosqichlari, oldini olish va davolashga oid yangi ma’lumotlar bilan barchani tanishtirdilar. OITS kasalligiga chalingan bemorlarning ramziy belgisi – qizil tasmaning tarixi va qo‘llanilishi haqida ham so‘z yuritildi.
Yosh sportchilar, badiiy havaskorlik guruhlarini chiqishlari har bir inson sog‘lom turmush tarzi bilan baxtli yashashini ko‘rsatdi. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Samarqand viloyati bo‘limi xonandalarining chiqishlari marafon ishtirokchilariga ko‘tariki kayfiyat bag‘ishladi.
SamDTI matbuot xizmati