Turkiyalik hamkasblar institut laboratoriyalarini modernizatsiyalashga ko‘maklashadilar
Menu Close Menu

Turkiyalik hamkasblar institut laboratoriyalarini modernizatsiyalashga ko‘maklashadilar

  2021 yil 15 yanvar kuni Samarqand Davlat tibbiyot instituti rahbariyatini “MosLab” tibbiyot innovatsion kompaniyasi rahbari Osman Bashan va Anqara Davlat tibbiyot universiteti professori, Anqara shahar shifoxonasi patologiya laboratoriyasi mudiri Faruk Ko‘ksal (Turkiya) bilan onlayn tarzda muloqoti o‘tkazildi.

  SamDTI rektori prof. J.A. Rizaev janob Osman Bashanni bo‘lib o‘tgan tashrifi samarali ekanligini, turkiyalik hamkasblar ikkitomonlama hamkorlikga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Iliq suhbat davomida tomonlar institutni klinikalarida patologik laborator xizmatning salohiyatini oshirish uchun yangi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlash hamda turkiyalik mutaxassislar yordamida xodimlar malakasini oshirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.

  Samarali muloqot yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikka o'zaro yo’lga qo’yish uchun tez orada memorandum imzolash va institutimiz klinikalarida eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan laboratoriya yaratish bo‘yicha kelishib oldilar.

SamDTI matbuot xizmati