×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Davlat tilida ish yuritish mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

  2021 yil 21 yanvar kuni Samarqand Davlat tibbiyot instituti “O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili bilan” kafedrasi tomonidan institut xodimlari uchun «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» mavzuida mahorat darsi o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni hamda Samarqand viloyati hokimligining 2020 yil 22-oktabrdagi 48/01-06-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilindi.

  Ma’ruza qilgan tadbir mehmoni – SamDU filologiya fakultetini dotsenti M.Boltaev tomonidan o‘zbek tilini tarixi va hozirgi holati, zamonaviy o‘zbek tilini adabiy normalari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini hamda davlat tilida ish yuritishni asosiy qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ma’ruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi, notiq tomonidan barcha berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

SamDTI matbuot xizmati