SamDTIda «ANATOMICÁ» tibbiy turizm jurnalini taqdimoti o‘tkazildi
Menu Close Menu

SamDTIda «ANATOMICÁ» tibbiy turizm jurnalini taqdimoti o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot institutini kichik majlislar zalida «ANATOMICÁ» rangli-ommabop tibbiy turizm jurnalini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur jurnal respublikamizni ko‘plab tibbiyot klinikalari, sanatoriyalari va turistik kompaniyalarni birlashtirib ularni xizmatini nafaqat mamlkatimiz, balki dunyo miqyosida targ‘ib qilishni maqsad qilgan «Medtravel global system» NNT tomonidan ta’sis etilgan.

  Institutni 1-son klinika xodimlari, kafedralar professor-o‘qituvchilari, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari uchun jurnal taqdimotini bosh muharriri Barno Ikramova o‘tkazdilar. Mazkur jurnal o‘zbek va rus tillarida nashr etilib asosiy maqsadi aholi va xorijiy o‘quvchilarni mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivoji, ilmiy asoslangan maslahatlar va tavsiyalar haqidagi ma’lumotlarni o‘zida qamrab olishi batafsil tushuntirildi. Shuningdek uchrashuvda “DEKALaser.uz” kompaniyasini rahbari Gulnara Radulova chiqish qilib, respublika tibbiyot muassasalariga kompaniya tomonidan keltirayotgan tibbiyot texnologiyalar va uskunalar barcha yeropa standartlariga javob berilishi va natijada o‘tkazilayotgan muolajalar jahonni eng yuqori standartlariga muvofiq o‘tkazilishi haqida gapirib berdilar.

  Taqdimotlar interfaol uslubda o‘tkazilib, tushgan ko‘plab savollarga mehmonlar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

SamDTI matbuot xizmati