×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Davolash fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  26 yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti Katta majlislar zalida davolash fakulteti birinchi kurslari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  Fakultet dekani t.f.d. G‘.U. Lutfullaev barcha ishtirokchilarni qutlab institut tarixi va hozirgi kuni, talabalar oliy tibbiy ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib berdi. Davolash fakulteti talabalari institutni eng birinchi va muhim fakultetida o‘qiyotganligidan doim faxrlanishlari kerak deb ta’kidladi G‘ayrat Umrilloevich. Fakultet dekani talabalarni yaxshi o‘qishga, sog‘lom turmush tarzi va sanitar-gigiena qoidalariga doim rioya etishga, barchaga namuna bo‘lishga chaqirdi.

  Talabalar bilan uchrashuvda SamDTI Xotin-qizlar Kengashini raisi Gavhar Ismailovna Xudoyberdieva ham ma’ruza qildilar. O‘z chiqishida talabalarni institut jamoat hayotida, faoliyat ko‘rsatilayotgan ko‘plab ilmiy to‘garaklarda faol ishtirok etishga hamda har tomonlama barkamollik maqsadida institutda yaratilgan barcha imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishni tavsiya qildi.

  Ochiq muloqot davomida fakultet talabalarini barcha taklif va takliflari tinglandi. Birinchi kurs talabalari barcha berilgan savollariga javoblar oldilar.

SamDTI matbuot xizmati