×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Narpay tumani hokimi SamDTI talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

  29-yanvar kuni Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi Sherzod Shuhratovich Rahmonov hamda Samarqand davlat tibbiyot institutida tahsil oluvchi narpaylik talabalar o‘rtasida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuvda Narpay tuman hokimligi mutasaddilari, SamDTI rahbariyati vakillari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, narpaylik professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

  Uchrashuvni SamDTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Eldor Sayfullaevich Tangirov kirish so‘zi bilan ochib berib tadbirni kun tartibidagi masalalar haqida gapirib berdi. Tumani xokimi Sherzod Shuhratovich hozirda tuman tibbiyotga yaxshi shifokorlarga ehtiyoj borligi, jumladan akusher-ginekologlar, oylaviy shifokorlar va tez tibbiy yordam va boshqa sohalarda bo‘sh o‘rinlarining mavjudligi, tumanda tibbiy sohasini mukammal egallagan mutaxassislar kerakligi to‘g‘risida batafsil tushuntirib berdi.

  Shuningdek, jarayon doirasida narpaylik talabalar o‘zlarining taklif hamda mulohazalarini bildirishdi. Jumladan, bitiruvchilar hozirda yaxshi klinik laboratoriya, yaxshi shifoxonalar yo‘qligi bois ulargashu sohalarni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar va binolar berishni so‘radilar. Tuman mutasaddilari tibbiyotni rivojiga hissa qo‘shuvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarni ta’kidladilar hamda bu borada barcha amaliy ishlar olib borilishini ma’lum qildilar.

  Uchrashuv yakunida talabalarga hokimlik tomonidan ajratilgan kitoblar jamlanmalari hamda qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etildidi.