×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  2021 yil 29 yanvar kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti katta majlislar zalida tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-3 kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda SaDTI Xotin-qizlar kengashini raisi G.I. Xudoyberdieva, fakultet dekan o‘rinbosarlari P.N. Fayziboev, N.A. Muradova, professor-o‘qituvchilar – guruh kuratorlari ishtirok etdilar.

  Fakultet dekani t.f.d. B.E. Tuxtaev uchrashuv barcha ishtirokchilarni qutlab talabalarga institutda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, oliy tibbiy ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar haqida so‘zlab berdi. Baxrom Eshnazarovich talabalarni fundamental bilimlarni olishga, ularni mutaxassisligi kelajakda tibbiyot sohasi uchun muhim ekanligini, pandemiya vaqtida bu o‘zini yaqqol ko‘rsatganligini ta’kidlab o‘tdilar. Institut Xotin-qizlar Kengashini raisi Gavhar Ismailovna Xudoyberdieva o‘z chiqishida talabalarni institut jamoat hayotida, faoliyat ko‘rsatilayotgan ko‘plab ilmiy to‘garaklarda faol ishtirok etishga hamda institutda yaratilgan barcha imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishni tavsiya qildilar. Uchrashuvda talabalarni yaxshi o‘qishga, sog‘lom turmush tarzi va sanitar-gigiena qoidalariga doim rioya etishga, barchaga namuna bo‘lish o‘qtirildi.

  Talabalar bilan uchrashuvda shuningdek imtihonlar sessiyasini o‘tkazilish jarayoni ochiq muhokama qilindi. Talabalar barcha berilgan savollariga javoblar oldilar.