×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Samarqandning aziz farzandi

  Bugun, 30-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni.

  Islom Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida mamlakatimiz nomini dunyoga tanitdi, uning taraqqiyoti yoʻlida fidoyilik koʻrsatib mehnat qilgan inson edi.

  Bugun ham ushbu sana munosabati bilan Islom Karimov tugʻilib oʻsgan va mangu orom topgan Samarqand shahrida ham bir qator tadbirlar oʻtkazildi. Mazkur tadbirlarda Samarqand davlat tibbiyot institutini vakillari ham faol ishtirok etdilar.

  Tadbirlar shahardagi Islom Karimov maqbara-majmuasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va viloyat jamoatchiligi ishtirokidagi ziyorat bilan boshlandi. Shundan soʻng Registon maydoni yaqinida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Xalqimizning ardoqli farzandi hayoti, ibratli ishlari yodga olindi.

  Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan xalqimiz qalbidan abadiy oʻrin oldi.