Institut talabasi respublika maqolalar tanlovida g‘olib bo‘ldi
Menu Close Menu

Institut talabasi respublika maqolalar tanlovida g‘olib bo‘ldi

  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ikki yildan buyon talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli “Yilning eng yaxshi maqolasi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

  Tanlovda Samarqand davlat tibbiyot institut talabalari ham “Besh muhim tashabbus - kelajakka mustahkam poydevor”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “Ajdodlar merosi - bebaho xazina”, “Yangi O‘zbekiston - yangi imkoniyatlar yurti” kabi jami 11 yo‘nalish bo‘yicha o‘z maqolalarini taqdim etib tanlovda faol ishtiroq etdilar.

  Joriy yilgi tanlovga talabalar va yosh tadqiqotchilardan 500 dan ortiq ilmiy maqola kelib tushgan. Ekspertlar xulosasi asosida shulardan 44 ta eng yaxshi maqola sifatida tanlangan.

  Tibbiy pedagogika fakulteti talabasi Diyora Axmedjanova “Uchinchi Renessans - yoshlar imkonida” mavzusidagi maqolasi “Yilning eng zo‘r maqolasi” sifatida e’tirof etilib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

  G‘oliblarini taqdirlash marosimi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tdi, maqolalar esa “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli ikkinchi kitobida chop etiladi.

  Institutimiz tibbiy pedagogika fakulteti talabasi Axmedjanova Diyorani tabriklaymiz, yangi omadlar va ijodiy zafarlar tilab qolamiz!