×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Akademik litsey o‘quvchilari uchun laborator mashg‘uloti o‘tkazildi

  Hozirgi vaqtda Samarqand davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan institut qoshidagi Akademik litseyda o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarni sifat jihatidan ko‘tarish maqsadida uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

  Navbatdagi mushg‘ulot institutni biologiya va genetika kafedrasi tomonidan o‘tkazildi. Kafedra xodimi – dotsent Sh.M. Muxitdinov tomonidan akademik litsey 1-kurs o‘quvchilariga o‘simlik va hayvon hujayralarining o‘xshashligi va farqlari mavzusida labaratoriya mashg‘uloti tashkil qilindi. Mashg‘ulot davomida hujayralar, hujayralar organoidlari, hujayraning kimyoviy tarkibi, ularda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar haqida ma’lumotlar slaydlar va zamonaviy mikroskop va mulyajlar yordamida ko‘rsatilib tushuntirildi.

  Laboratori mashg‘uloti o‘quvchilarni katta qiziqishini uyg‘otdi va ular mavzu bo‘yicha barcha berilgan savollariga javoblar oldilar.


SamDTI matbuot xizmati