SamDTIda navbatdagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi
Menu Close Menu

SamDTIda navbatdagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

  2021 yil 6 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasida navbatdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar 1-son ichki kasalliklar kafedrasini bevosita tashabbusi bilan takshil etilib 1-son klinikani faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Seminarda SamDTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori, 1-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri Sh.X. Ziyadullaev, 1-son ichki kasalliklar kafedrasi, klinikani terapevtik bloki amaliy shifokorlari, klinik ordinator va magistrlar, bakalavriatni yuqori kurs talabalari, jami 150 nafardan ortiq ishtiroqchi qatnashdilar.

  Ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh dietologi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son ichki kasalliklar kafedrasi professori, t.f.d. Mamlakat Tulabaevna Rustamova taklif qilinib “Oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarida hazm qilishdagi buzilishlar: korreksiya va profilaktikaga zamonaviy nazar” mavzusida ma’ruza qildilar. Amaliy ma’ruzada ovqatlanishning buzilishiga olib keladigan holatlar va kasalliklarning klinikasi, diagnostikasi, davolash usullari haqida amaliyotdan ko‘plab misollar orqali keng tushuntirildi, eng zamonaviy ma’lumotlar keltirildi. Seminar ishtirokchilarning qizg‘in savol-javoblari va muhokamalari bilan qiziqarli tarzda o‘tdi.


SamDTI matbuot xizmati