Rossiya OTMlari Samarqand davlat tibbiyot institutiga qiziqish bildirmoqda.
Menu Close Menu

Rossiya OTMlari Samarqand davlat tibbiyot institutiga qiziqish bildirmoqda.

  Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, shu jumladan oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida har tomonlama munosabatlar jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Samarqand davlat tibbiyot institutini Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi bilan hamkorligi bu yaqin munosabatlarni yorqin misolidir.

  Ikkala oliygoh kiyingi yillarda talabalar va o‘qituvchilarni akademik mobilligi hamda hamkorlikdagi ilmiy loyixalarni amalga oshirish bo‘yicha qamarbasta bo‘lib kelmoqdalar.

  Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasiga 1933 yilda asos solingan va mazkur oliy ta’lim dargohi mintaqada sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun birinchi oliygoh hisoblanadi. Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasini yetakchi tibbiyot oliygohi sifatida tan olingan Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasida 400 ortiq talabalar tahsil oladi, ularga 400 ortiq malakali pofessor-o‘qituvchilar dars beradilar.

  2021 yilni 3-4 aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot institutiga Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori professor Aleksey Yevgenevich Shklyaev va qo‘shimcha kasb ta’limi va tibbiy faoliyat bo‘yicha prorektori Mixail Valerievich Dudarevlardan iborat delegatsiyani ishchi tashrifi amalga oshirildi.

  Tashrif doirasida ikkala hamkor oliygohni rahbarlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazilib amalga oshirilgan loyixalarni natijalari muxokama qilindi va zamonaviy fan va ta’limni rivojini inobatga olib hamkorlikni kengaytirish lozimligi ta’kidlandi. Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan muzokaralar davomida qo‘shma ta’dim dasturlarida klinik ordinatorlar va tayanch doktoranturada ilmiy xodimlarni tayyorlash imkoni, bakalavriat bosqichida qo‘shma dasturlarini joriy qilish, o‘qituvchilar va talabalar akademik almashuvini jadallashtirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va vebinarlar o‘tkazish hamda ilmiy ishlarni hamkorlikda nashr ettirish kabi masalalar muhokama etildi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti va Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasini munosabatlari oliygohlararo halqaro hamkorlikni yorqin namunasi sifatida mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishga turtki bo‘ladi, tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ta’minlashga munosib xizmat qiladi, deb umid qilamiz.


SamDTI matbuot xizmati