Institut o‘qituvchisi yangi kitoblarini taqdimoti
Menu Close Menu

Institut o‘qituvchisi yangi kitoblarini taqdimoti

  Samarqand davlat tibbiyot instituti Axborot-resurs Markazini tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitobxonlik xaftaligi” doirasida “Kitob ilm-marifat ko‘zgusi” mavzusida taniqli o‘zbek adiblari asarlari, jahon adabiyoti durdonalariga aylangan asarlar, tibbiyot sohasiga oid kitoblar, ilmiy-ommabop jurnallar o‘rin olgan ko‘rgazma tashkil etildi.

  Shu joyni o‘zida institut xodimi – pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi dotsent L.T. Razikova tomonidan tayyorlangan va nashr etilgan “Russkiy yazыk” o‘quv qo‘llanmasi, “Talabalarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari” monografiyasi va “Orosta qizlar” uslubiy qo‘llanmani taqdimoti ham o‘tkazildi. Uchrashuvda chiqish qilganlar kitoblar muallif tomonidan zamonimiz ilg‘or tajribalari asosida yaratilganligini, ularni mazmun-mohiyati va g‘oyalari dolzarb ekanligi haqida ta’kidlab o‘tdilar.

  Jumladan, muallifning “Orasta qizlar” qo‘llanmasida qizlarimiz odob-axloqi, salomlashish, kiyinish, muomala madaniyati, ularni oilaga tayyorlash haqida nafislik bilan maslahatlar berilgan, talaba-kizlarimizning milliy an’analarimiz va o‘z millatining go‘zal qadriyatlariga hurmat bilan qarash ta’kidlangan. Ishtirokchilar tomonidan kitobxonlikni institut talabalari va xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha ham mulohaza va takliflar bildirildi.


SamDTI Matbuot xizmati