Siyosiy partiyalar, mahalliy kengash deputatlari va OAV vakillari uchun saylov qonunchiligi o‘quv kurslari tashkil etildi.
Menu Close Menu

Siyosiy partiyalar, mahalliy kengash deputatlari va OAV vakillari uchun saylov qonunchiligi o‘quv kurslari tashkil etildi.

  Samarqand davlat chet tillar institutida, Siyosiy o‘quv kurslari tashkil etilib, unda O‘zLiDePga a’zo viloyat va tuman-shahar kengashlari deputatlari ishtirok etib, o‘zlarining saylov qonunchiligiga oid bilimlarini oshirib mustahkamlashmoqda.

  O‘quv kurslari davomida tinglovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligi, siyosiy partiyalarning dasturiy maqsad va vazifalari hamda saylov jarayonlarini yoritishning o‘ziga xos xususiyatlari zamonaviy pedogogik va interfaol usullardan foydalangan holda yetkazilmoqda.

  Samarqand davlat tibbiyot institutidan ham 10 nafar professor-o‘qituvchilar saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida faol ishtirok etishmoqda. Jumladan SamDTI pediatriya kafedrasi ichki kasalliklar kafedrasi assistenti Sh.Toshnazarov Respublika trenerlari tarkibiga kiritilgan.

  Mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni qamrab olgan ko‘plab dasturlar amalga oshirilmoqda.

  Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

  Bu boradagi ishlarning ijrosi mahalliy Kengash deputatlariga ham ulkan mas’uliyat yuklaydi. Tashkil etilgan o‘quv kurslarida aynan shu jihatlarga ham alohida e’tibor qaratilib, belgilangan jadval aosida o‘quv seminarlari davom etmoqda.


SamDTI matbuot xizmati