Bulungur va Jomboy tumanlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi
Menu Close Menu

Bulungur va Jomboy tumanlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi

  Axoli orasida zamonaviy tibbiy-profilaktika tadbirlarini yanada takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ibot qilish, fertil yoshdagi ayollar, homiladorlar, bolalar, ijtimoiy ximoyaga muxtoj va o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, nogironlar, surunkali kasalligi bor bo‘lgan bemorlar holidan xabar olish va tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish buyicha Samarkand davlat tibbiyot institutida keng qamrovli ishlar olib borilmokda.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasining bosh shifokori professor N.A.Abdullaeva boshchiligida 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilarilar Bulungur tuman Mingtepa maxallasi «Dustlik» QVPda axoliga kup mutaxassisli chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar. Unda laborator tahlillar, ultratovush tekshiruvi, EKG taxlili tekshiruvlari tashkil etildi. Jumladan surunkali kasalliklar aniqlangan 102 nafar bemorlarga shaxar va viloyat ixtisoslashgan davolash muassasalariga yo‘llanmalar berildi.

  2021 yil 7 aprel kuni institutni yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, dotsent N.A. Yarmuxammedova boshchiligida kafedra o‘qituvchilaridan iborat malakali mutaxassislar Samarkand viloyatining Jomboy tumani tibbiyot birlashmasida 60 nafarga yaqin dispanser nazoratida turgan bemorlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazdilar. Shuningdek, kafedra xodimlari Jomboy tumani aholisini “Covid-19»ga emlanish jarayonida ham faol qatnashdilar, aholiga emlash samaradorligi haqida tushuntirish ishlari olib borishdi.

  Institut professor-o‘qituvchilari joylarda aholi orasida “Xavfsiz emlash qoidalari”, “Emlash nima uchun kerak?”, “Aholini sog‘lomlashtirish yo‘llari” mavzularida davra-suhbatlarini ham o‘tkazmoqdalar.

Samarkand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘riklar va tushuntirishlar joylarda tibbiyot birlashmalari va aholi tomonidan minnatdorchilik bilan kabul qilinmoqda.



SamDTI Matbuot xizmati