​SamDTI talabalari sport tibbiyoti Butunrossiya olimpiadasida 2-o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritdilar
Menu Close Menu

​SamDTI talabalari sport tibbiyoti Butunrossiya olimpiadasida 2-o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritdilar

  Sport tibbiyoti bo‘yicha Ikkinchi Butunrossiya “Tibbiy marafon” Xalqaro Olimpiadasi o‘tkazildi. Xalqaro musobaqalarda Rossiya va MDH davlatlari 22 oliygohidan 26 ta jamoalar qatnashdilar.

  Respublikamiz oliygohlaridan Butunrossiya sport Olimpiadasida Samarqand davlat tibbiyot institutini “Sport xizmatkorlari” jamoasi ishtirok etdi.

  Institutni turli kurs va fakultet talabalaridan iborat jamoasi - J.Gapparov (stomatologiya fakulteti 5 kurs talabasi), A.Abdusamatov (tibbiy-pedagogika fakulteti 6 kurs talabasi), D.Djalolov (pediatriya fakulteti 5 kurs talabasi), X.Najmitdinov, G.Uralova (farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari), Sh.Jalolitdinova, M.Ochilova (pediatriya fakulteti 4 kurs talabalari) tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri dos. Z.F. Mavlyanova halqaro onlayn Olimpiadani barchyaa 6 yo‘nalishida (stansiyasida) ishtirok etib 3 sho‘bada – «Antidoping nazorat», «Videoroliklar tanlovi», «Yuqori natijalar sporti» g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

  SamDTI “Sport xizmatkorlari” umumjamoaviy hisobda faxrli 2-chi o‘rinni egallab “Butunrossiya tibbiy marafoni” xrustal kubogini olishga muvaffaq bo‘ldi.

  Institutimiz talabalarini qo‘lga qiritgan g‘oliblik bilan tabriklaymiz va yangi zafarlar tilab qolamiz!


SamDTI matbuot xizmati