​SamDTI Tibbiy pedagogika fakulteti dekanati va bitiruvchi 6 kurs talabalarining Samarqand viloyati Urgut tumani 31 maktabga tashrifi
Menu Close Menu

​SamDTI Tibbiy pedagogika fakulteti dekanati va bitiruvchi 6 kurs talabalarining Samarqand viloyati Urgut tumani 31 maktabga tashrifi

  Bugun 15 aprel kuni SamDTI Tibbiy pedagogika fakulteti dekan o‘rinbosari Uraqov Shokir Ulashovich boshchiligida bitiruvchi 6 kurs talabalari Samarkand viloyati Urgut tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 31-umumiy o‘rta talim maktabining 7-9-10 sinflarda Biologiya, Ximiya, Ingliz tili va Rus tili darslarini o‘tkazdilar. Bunda 7A sinfda Kimyo faniga Anarov Ilxom 606-gurux, Yunusov Sardor 605-gurux, 7B sinfga Umirkulov Bunyod 606-gurux, Norbutaev Islom 608-gurux, 9A sinfda rustili darsiga Mirzaev Mirza 607-gurux va Allazov Iskandar 607-gurux, 9B sinfda Biologiya darsiga Melikboboev Abbos 608-gurux va Xasanov Eldor 608g‘gurux, 10 B sinf Ingliz tili darsiga Uralov Bunyodxon 608-gurux va 11 sinf Informatika darsiga esa dekan o‘rinbosari Uraqov Shokir Ulashovich biriktirildi.

  Darslarni boshlashdan oldin dekan o‘rinbosari Urakov Shokir Ulashovich xar bir sinfga yukorida nomlari keltirilgan talabalarni sinf o‘quvchilariga tanishtirdi va ularni kelgusida uz yo‘nalishlarini topishda barchaga Bugun xalqimiz, Vatanimiz intilayotgan milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga xos asosiy xususiyatlar, maqsad va vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi va boshqa muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda aniq belgilab berilganligi, jahondagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi taraqqiyot yo‘llari chuqur tahlil etilganligi o‘quvchilarga aytib o‘tdi.

  O‘qituvchilar tomonidan bugungi kunda o‘quvchilarning erkin fikrlashga o‘rgatish va ularning so‘z boyligini oshirish,olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi yuzasidan bir qancha fikrlar aytib o‘tildi. O‘quvchilarni kelajakda o‘zlari qiziqgan kasblarni tanlashida va hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishida bugungi olingan bilimlarning naqadar muhim ekanligi hamda kasb tanlashda adashmaslik zarur ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

  Shundan so‘ng institut bitiruvchi talabalari sinflar kesimida ham darslarni o‘tib berishdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savolariga javob berdilar.

  Shu munosabat bilan maktab ma’muriyati SamDTI tibbiy pedagogika fakulteti dekanati va talabalariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.


SamDTI matbuot xizmati