Germaniyaning Ivoclar Vivadent kompaniyasi Samarqand davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Menu Close Menu

Germaniyaning Ivoclar Vivadent kompaniyasi Samarqand davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

  Taʼlim va ilmiy faoliyatni ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bogʻlash hamda integratsiya qilishda zarur shart-sharoitlarni yaratish, tibbiyotga zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarning eng yangi yutuqlarni joriy qilish kadrlar tayyorlash sohasida bugungi kun talabidir.

  Stomatologiya kadrlarni jahon andozalariga mos ravishda tayyorlashda koʻmaklashish maqsadida, Germaniyaning Ivoclar Vivadent kompaniyasining MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari boʻyicha tibbiyot va davolash boʻlimi boshligʻi, mikroprotezlanish va estetik restavratsiya boʻyicha taniqli mutaxassis Viktor Daub Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

  SamDTI va Ivoclar Vivadent kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ishlar samarasini yana-da rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

  Mazkur imzolangan memorandumdan asosiy maqsad, SamDTI talabalarini Yevropaning stomatologiya maktabiga mos ravishda tayyorlashda koʻmaklashishdan iboratdir.

  Maʼlumot uchun : Ivoclar Vivadent — yuqori sifatli stomatologiya asbob-anjomlar ishlab chiqaruvchi jahondagi sanoqli kompaniyalardan biridir, kompaniya dunyoning 120 mamlakatiga oʻz mahsulotlarini yetkazib beradi. Ivoclar Vivadentning 24 mamlakatda boʻlimlari mavjud boʻlib har yili dunyo boʻylab 3200 dan ortiq yetuk mutaxassislarni qayta tayyorlab kelmoqda


SamDTI matbuot xizmati