×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashdi

  Joriy yilning 19-20 aprelida Samarqand davlat tibbiyot institutiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut talabalari bilan madaniyat xodimlari va sanʼatkorlarni uchrashuvi tashkil etildi.

  Institutimiz rektor Jasur Rizaev boshchiligadagi uchrashuvda Ozodbek Nazarbekov talaba-yoshlarga institutda juda ajoyib sharoitlar yaratilganligi, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish zaruriyati, ijrochilar-sanʼatkorlarni institutga tez-tez kelib ketishi, har bir oliygohda 5 gacha ijodkorlar yoshlardan iborat ansambllar, teatr studiyalar tashkil etilishi haqida gapirdi. Ijod qilish kerak, ijodiy yondashuvgina sizlarni yangi marralarga etaklaydi, shuning uchun men sizlarga shaxsan vazir sifatida aytmoqchimanki mana shu ansambllarni tashkil etishimiz ertaga sizlarni ijodiy fikrlashlaringizni oshiradi va katta marralarni egallashga yordam beradi, biz hammamiz birgalashsak Yangi Oʻzbekistonni quramiz, bunda hammamizni burchimiz-hissamiz boʻlishi shart deb ta’kidladilar Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.

  20 aprel kuni esa institutimiz 1-son yotoqxonasida talaba-yoshlar uchun ajoyib konsert dasturi tashkil qilinib unda viloyot xonandalari va respublikamizdagi taniqli san’atkor-xonandalari, institutni san'atga qiziquvchi iqtidorli talabalari tomonidan ajoyib taronalar ijro etildi. Ozodbek Nazarbekov tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar barchaga barymona kayfiyat ulashdi.



SamDTI matbuot xizmati