×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari institut bitiruvchilari bilan uchrashdi

  21-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari AmrilloShodievich Inoyatov Samarqand davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Institutga tashrif davomida bitiruvchi talabalar, magistratura va klinik ordinatorlar (rezidentlari) bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Samarqand viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.S. Zayniev, institut oʻquv ishlari prorektori N.A. Yarmuxammedova, davolash ishlari boʻyicha prorektor, 1-son klinika bosh shifokori N.N. Abdullaeva ishtirok etdilar.

  Talabalar bilan uchrashuvda A.Sh. Inoyatov barcha bitiruvchilarni muvaffaqiyatli oʻqishlar bilan tabriklab Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar, respublikamiz hududlarida sogʻliqni saqlash tizimida ish bilan taʼminlash darajasi, joylarda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

  Uchrashuvda chiqish qilgan Samarqand viloyati SSB boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.S. Zayniev viloyatda shifokorlarga boʻlgan talab, viloyat va shahar hamda uzoq tumanlarni davolash muassasalarida mavjud vakant oʻrinlar, joylarda umumiy amaliyot shifokorlariga boʻlgan yuqori talab, bitiruvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirdi.

  Oʻzbekiston Respublikasi SSV birinchi oʻrinbosari A.Sh.Inoyatov pandemiya mamlakatimizda qay darajada tibbiyot sohasi oqsab qolganligini koʻrsatganligini taʼkidlab Oʻzbekistonda tor mutaxassislarni qay darajada yetishmasligini, joylarda oila shifokorlariga mavjud talablar haqida ham gapirdi. “Ayni damlarda tibbiyot xodimlariga boʻlgan ehtiyoj qay darajada yuqori ekanligini bilinglar hamda sizlar bizning kelajagimiz, sizlarga ishlashda qanday yordam kerak boʻlsa biz bormiz” – deb taʼkidladi AmrilloShodievich.

  Bitiruvchilar bilan uchrashuv yakunida A.Sh. Inoyatov talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytardi.


SamDTI matbuot xizmati