×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

​SamDTI talaba-qizlari o‘quv markazining o‘quv kurslarida ishtirok etmoqdalar

  Institut xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni oilaga tayyorlash maqsadida 25 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-qizlarni Samarqand shahrida joylashgan “Baxt olami” oʻquv markazida oʻqishlari imtiyozli tarzda tashkil etildi.

  Markazda talabalar milliy, qardosh xalqlar va Yevropa taomlari, salatlar, pishiriqlar, shirinliklar, qandolat mahsulotlari tayyorlash, karven sanʼati sirlarini oʻrganish boʻyicha saboq oladilar.

  Shuningdek, mazkur oʻquv markazda psixolog tomonidan mustahkam va namunali oilaning saodatli sohibalari, sogʻlom barkamol farzandlarning onalaridek baxtga muyassar boʻlishlari borasida maxsus treninglar oʻtkaziladi.


SamDTI matbuot xizmati