“Biz yoshlar - diniy ekstremizm va terrorizimga qarshimiz!” uchrashuvi o‘tkazildi
Menu Close Menu

“Biz yoshlar - diniy ekstremizm va terrorizimga qarshimiz!” uchrashuvi o‘tkazildi

  29 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasini katta majlislar zalida “Biz yoshlar - diniy ekstremizm va terrorizimga qarshimiz” shiori ostida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati DXX, IIB mas’ul xodimlari, Samarqand “Hadis ilmi” Oliy maktabi vakillari, institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar va 600 nafar institut talabalari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvni SamDTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori E.Tangirov kirish so‘zi bilan ochdi va yig‘ilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi, professor-o‘qituvchilar va hamkor tashkilotlar bilan talabalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. So‘ngra so‘z tadbir mehmonlariga berildi.

  O‘z chiqishlarida Davlat xavfsizligi xizmati Samarqand viloyati xodimi E.Aripov, Samarqand viloyati ichki ishlar boshkarmasi jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimi F.Mamatqulov, Samarqand viloyati IIB yuridik ta’minot bo‘limi boshlig‘i H.Sa’dullaev, Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ektsremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ma’sul xodimi S.Shamsiev, Samarqand “Hadis ilmi” Oliy maktabi katta o‘qituvchisi H.Jo‘raboevlar talaba-yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, o‘sib kelayotgan avlodga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikka nisbatan shukronalik, xorijda va mamlakatimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan daxldorlik, xushyorlik, ogohlik hissini uyg‘otish, diniy ekstremizm va terroristik harakatlari butun insoniyatni tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri ekanligi, “Jaholatga qarshi - ma’rifat” va “Ilmdan boshqa najot yo‘q” ekanligi, yoshlarni ilm olishga, ayniqsa, tibbiyot sohasida o‘zining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida tinimsiz izlanishda bo‘lishlari haqida batafsil gapirib berdilar.

  Uchrashuvda bugungi kunda yaqin Sharq va Suriya davlatlarida bo‘layotgan terroristik va qo‘poruvchilik ishlari aks ettirilgan xujjatli videofilm ham namoyish etildi.

  Tadbir so‘ngida muhokama qilingan masalalarni institutni barcha barcha professor-o‘qituvchilari va talabalariga yetkazish bo‘yicha kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati