×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Intitut talabalari Vatanga Qasamyod qabul qildilar

  2021 yil 27 mart kuni Samarqand davlat tibbit instituti akademik litseyi binosida Vatanga Qasamyod qabul qilish tantanali marosimi o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, harbiy-tibbiy tayyorgarlik kafedrasini professor-o‘qituvchilari, Markaziy harbiy okrugining harbiy orkestri, davolash fakulteti 5 kurs talabalari va ularni ota-onalari ishtirok etdilar.

  Tantanali tadbir Davlat bayrog‘i kiritilishi bilan boshlandi. So‘ng institut rektori Jasur Rizaev so‘z olib barcha talabalar va ularni ota-onalarini o‘tkazilayotgan qutlug‘ sana bilan tabrikladi, ularga omadlar va ezgu tilaklar tiladi. Tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalar nomidan Navro‘za O‘ktamova, kursantlar nomidan kursant E’tibor Istamovalar so‘zga chiqib barcha tabrikladilar, institut ma’muriyatiga yaratilayotgan shart-sharoitlar uchun o‘zlarini minnatdorchiliklarini bildirdilar. Institut rektori professor J.A. Rizaev tomonidan kursantlarning ota-onasiga tashakkurnomalar ham tantanali ravishda topshirildi

SamDTI matbuot xizmati