×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  11 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlarini iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda fakultetlarni talabalar ilmiy jamiyatlari Kengashlarini a’zolari, olimpiada va nomdor stipendiyalar sohiblari ishtirok etdilar. Uchrashuvni SamDTI iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i U.F. Payzullaeva olib bordi.

  Iqtidorli talabalar bilan uchrashuvda ilmiy-tadqiqot faoliyat olib borish masalalari, jumladan iqtibosli ilmiy jurnallarda maqolalarni yozish va chop qilish, ilmi to‘garaklar faoliyati, yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar va fakultetlarni talabalar ilmiy jamiyati Kengashlarini istiqbolli rejalari muhokama etildi. Yuqori ilmiy e’tirof va natijalar faqat mashaqqatli mehnat orqali erishish mumkinligi va ilmiy-tadqiqot faoliyatda doim faol bo‘lish lozimligi barcha uchrashuv ishtirokchiga tushuntirildi.

  Uchrashuv ishtirokchilari bilan bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati