×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

  2 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini katta majlislar zalida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda institut fakultetlarini talabalari, professor-o‘qituvchilar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, ichki ishlar boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

  Uchrashuvni SamDTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Eldor Tangirov ochib berdi va o‘z nutqida joriy yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash Yili” deb e’lon qilingani yoshlarga bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘lganligini ta’kidladi. Uchrashuvda chiqish qilgan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi Sardor Mamanov, Samarqand shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Vohid Axmedovlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdilar. Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va uning vazifalari haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida jamoatchilik nazoratining o‘rnini muhimligi, institut talabalari ham bo‘lg‘usi ziyolilar sifatida bu jarayonlarda faol ishtirok etishlari lozimligiga alohida ta’kidlandi.

  Shuningdek, uchrashuvda talaba-yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi fikrlarini bilish maqsadida so‘rovnomalar olindi. Uchrashuv jonli va samimiy muloqot sifatida o‘tkazildi.


SamDTI matbuot xizmati