Turkiyaning “Sog‘liq bilimlari universiteti” bilan hamkorlikning yangi davri
Menu Close Menu

Turkiyaning “Sog‘liq bilimlari universiteti” bilan hamkorlikning yangi davri

  Joriy yilning 3-8 mart kunlari Turkiya Respublikasining “Sog‘liq bilimlari universiteti” rektori professor Cevdet Erdӧl ning taklifiga binoan Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor J.A. Rizaevning Turkiyaning ushbu univesitetiga tashrifi amalga oshirilishi kutilmoqda.

  Safar davomida institut rektori – Jasur Alimdjanovichning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori professor Cevdet Erdӧl hamda universitetning boshqa vakillari bilan bir necha ishchi uchrashuvlar rejalashtirilgan.

  Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot instituti va “Sog‘liq bilimlari universiteti” o‘rtasida o‘quv, ilmiy hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuv loyihalarini rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.

SamDTI axborot xizmati