Xorijlik talabalar bilan rektor uchrashuv o‘tkazdi
Menu Close Menu

Xorijlik talabalar bilan rektor uchrashuv o‘tkazdi

  26 fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori professor Jasur Rizaev 1-son klinikani kichik majlislar zalida xalqaro tibbiy ta’lim fakultetini Hinduston va Pokistonlik talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda talabalar, professor-o‘qituvchilar vakillari va xalqaro tibbiy ta’lim fakulteti ma’muriyati ishtirok etdi.

  Samimiy suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jasur Alimjanovich Rizaev talabalarga institutda bo‘layotgan o‘zgarishlar, oliy tibbiy ta’lim olish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil gapirib berdi. Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari institutimiz nufuzini jahon miqyosida ko‘taradigan asosiy indikatorlardan biri va ularga tegishli sharoit yaratish uchun biz barcha imkoniyatlarni ishga solishga doim tayyor, deb ta’kidladi Jasur Alimjanovich. Xorijiy talabalar ham chiqishlar qilib institut rektoriga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar uchun o‘zlarini minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

  Talabalar bilan uchrashuvda boshqa tashkiliy masalalar, jumladan xorijiy talabalarni institutni barcha kafedra va kurslarida ochilgan ilmiy to‘garaklar ishida faol qatnashishini ta’minlash haqida ham kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati