×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Ilmiy maqola yozish bo‘yicha onlayn dars o‘tkazildi

  Samrqand davlat tibbiyot institutida iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot jarayonga jalb etish va ularni mkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish maqsadida ilmiy ishlar yozish uslubiyati bo‘yicha onlayn-kurslar tashkil qilingan.

  23 fevral kuni navbatdagi dars institut yosh olimasi, radiologiya kafedrasi assistenti E.U.Yanova tomonidan “Maqola yozishni qanday va nimadan boshlash mumkin?” mavzuida o‘tkazildi. Onlayn-mashg‘ulotda mavzu tanlash, ilmiy nashr tuzilmasini asosiy tarkibiy elementlari, ish adabiyot ro‘yxatini zamonaviy talablar asosida tuzish kabi masalalar keng tushuntirildi. Ishtirokchilar barcha berilgan savollariga batafsil javoblar oldilar.


SamDTI matbuot xizmati