Tibbiy pedagogika fakulteti iqtidorli talabalari bilan uchrashuv
Menu Close Menu

Tibbiy pedagogika fakulteti iqtidorli talabalari bilan uchrashuv

  20 fevral kuni Samarqand davlat tibbiy pedagogika fakultetini iqtidorli talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda talabalar – fakultet talabalari ilmiy jamiyati Kengashini a’zolari, olimpiada va nomdor stipendiyalar sohiblari hamda iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i U.F. Payzullaeva ishtirok etdilar.

  Iqtidorli talabalar bilan uchrashuvda ilmiy-tadqiqot faoliyat olib borish masalalari, jumladan iqtibosli ilmiy jurnallarda maqolalarni yozish va chop qilish, ilmi to‘garaklar faoliyati, yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullar va fakultet talabalari ilmiy jamiyati Kengashini istiqbolli rejasi muhokama etildi.

  Uchrashuvda chiqish qilgin fakultetni 6 kurs talabasi - respublika oliygohlari talabalari ichidan “Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi Shopulotova Zarina yuqori ilmiy e’tirofni va natijalarni mashaqqatli yo‘li va mehnatini ta’kidlab ishtirokchilarni ilmiy-tadqiqot faoliyatda doim peshqadam va faol bo‘lishga chaqirdilar.

  Uchrashuv ishtirokchilari bilan bu kabi yig‘ilishlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.


SamDTI matbuot xizmati