×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

SamDTI talabalari viloyat drama teatriga tashrif buyurdilar

  Teatr inson taqdiri va uning kechinmalari jonli tarzda ko‘rsatib beriladigan sahna ekan, unda aktyorlar xuddi hayotdagidek yashaydi, dramatizm ichida o‘zaro harakatlanadi. Mamlakatimizda teatr san’ati taraqqiyotiga yanada katta hissa qo‘shish maqsadida ulkan qadamlar bosilmoqda.

  Shu boyisdan bugun SamDTI rektori boshchiligida adinistratsiya va 500 ga yaqin talabalar Samarqand viloyat musiqali drama drama teatriga tashrif buyurdilar.

  Teatrda taniqli jurnalist va ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farmon Toshevning "Tazarru" asari asosida rejissyor G‘ofur Mardonov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl jamoatchilik ko‘rigiga taqdim qilindi.

  Spektaklda farzandi uchun qaddi bukilgan otaning iztirobi, yolg‘iz farzandning qilgan qilmishlari sabab ota-onasi, oilasi oldidagi tazarrusi ishtirokchilar qalbini junbushga keltirdi.

  Spektaklni ko‘rish jarayonida talabalarga spektakldagi aktyorlar ijrosi, sahna dekoratsiyasi, liboslar tanlovi, institut talaba-yoshlarda katta ta’sir ko‘rsatdi va ular bunday spektakllarga jamoaviy tashrifni rektor J.A. Rizaevdan so‘rab qoldilar.


SamDTI matbuot xizmati