×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

SamDTI talabasi innovatsion ishlanmasi “Startup-2020” tanlovini g‘olibi bo‘ldi

  9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida «2020 yil uchun eng yaxshi 20 ta startup» tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.   Uchrashuvda tanlov g‘oliblari, yosh olimlar hamda Yoshlar akademiyasining a’zolari ishtirok etdilar.

  Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan 2020 yilda 20 ta eng yaxshi startup loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida e’lon qilingan «2020 yilga eng yaxshi 20 ta startup loyihalar» tanlovga jami 5191 ta loyiha kelib tushgan. Loyihalar maxsus Ishchi guruh tomonidan texnik va moliyaviy ekspertiza o‘tkazilib, 20 ta startap loyihalari Ilmiy-texnik Kengashga ko‘rib chiqib, xulosa berish uchun taqdim etilgan. Startup loyihalarni baholash bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashning xulosasiga ko‘ra g‘oliblar tanlab olindi.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti 5-kurs talabasi Hoshimbek Boboqandovning “Yangi tarkibga ega bo'lgan stomatologiyada ishlatiladigan mikroimplantni O'zbekiston sharoitida ishlab chiqarish” mavzuidagi innovatsion ishlanmasi «2020 yil uchun eng yaxshi 20 ta startup» tanlovida g'olib bo'ldi. Unga tegishli sertifikat va Yoshlar Akademiyasi a’zolik guvohnomasi topshirildi.

  Institut talabalasi Boboqandov Hoshimbekni tabriklaymiz va yangi ijodiy zafarlar tilaymiz!


SamDTI Matbuot xizmati