Institutda “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalari o‘tkazilmoqda
Menu Close Menu

Institutda “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalari o‘tkazilmoqda

  2021 yil 10-17 fevral kunlari institut Sport klubi va Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan “Sogʻlom turmush – buyuk kelajak” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqasiga start berildi. Musobaqalar SamDTI akademik litsey sport zalida boʻlib oʻtmoqda.

  Musobaqaga SamDTI rektori Jasur Alimjaniivch Rizaev ochib berib yoshlarga omad tiladi hamda kelgusida “Futboll” sport turi bo’yicha ham “Rektor kubogi” uchun sport musobaqalari bo’lishini takidladilar.

  10-13 fevral kunlari Voleybol bo’yicha 10 ta fakultetdan 30 ta jamaolar qatnashmoqda. 15-16 fevral kunlari shaxmat sport turlari bo'yicha institut barcha fakultet talaba yoshlari o’z jamoalari bilan ishtirok etadilar.

  Har bir sport turi bo'yicha 1-2-3 oʻrinlarni egallagan musobaqa ishtirokchilari inistitut tomonidan esdalik sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlanadilar.


SamDTI matbuot xizmati