×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi
  • Sayt xaritasi
  • Zoom text
Close Menu

Buyuk Navoiyni 580-yillik yubileyi Samarqandda keng nishonlandi

  Mamlakatimizda har yili 9 fevral kuni buyuk mutafakkir va shoir, umuminsoniy madaniyatga beqiyos hissa qo’shgan alloma, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Mir Nizomiddin Alisher Navoiyni (1441 - 1501) tug’ilgan kuni keng nishonlanadi

  Bu yili ham buyuk faylasuf va shoirni 580-yilligi Samarqandda va Samarqand davlat tibbiyot institutida keng nishonlandi. Yubiley arafasida institut barcha kafedra, axborot-resurs markazi va talabalar turar joylarida «Navoiyxonlik» kechalari o‘tkazildi. Samarqand viloyat musiqali drama teatrida Navoiyni «Lison ut-tayr» buyuk asari asosida institut talabalari ijrosida «Qushlar tili» spektaklini namoyishi bo‘lib o‘tdi.

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti rektorati va professor-o‘qituvchilari vakillari 9 fevral kuni Samarqand shahri A.Navoiy nomidagi Markaziy istirohat bog’ida buyuk shoir va mutafakkir haykalini poyiga gul qo’yish marosimida faol ishtiroq etdilar.

  Tantanali uchrashuvda chiqish qilganlar buyuk mutafakkirni hayoti va ijodi, uning jahon tamadduniga qo’shgan hissasi haqida gapirib berdilar. Shu joyni o’zida she’rxonlik va Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan sahnalashtirishlar namoyish qilindi.


SamDTI matbuot xizmati